Ichki Tartib-Qoidalar
- 1
Odob saqlang
So'kinish, baqirish, urishish, yugurib-o'ynash va boshqalarga xalaqit berish qat'iyan taqiqlanadi.
- 2
Markaz xodimlarini hurmat qiling
O'qituvchilar, administratorlar va boshqa xodimlarga hurmatsizlik qilish, qo'pol gapirish mumkin emas.
- 3
Markaz mulkini asrang
Divan, stol, parta va stullarga yozish, chizish, saqich yopishtirish yoki ularga zarar yetkazish mumkin emas.
- 4
Co-Working va kutish zalida tinchlikni saqlang
Baland ovozda gaplashish, musiqa tinglash yoki video ko'rish taqiqlanadi.
- 5
Vaqtingizdan unumli foydalaning
Video o'yinlar o'ynash va ijtimoiy tarmoqlarda bekor vaqt sarflash mumkin emas. Bo'sh vaqtingizda homework bajaring, darslarni takrorlang yoki yangi so'zlar yodlang.
- 6
Oziq-ovqat va shakarli ichimliklar olib kirish taqiqlanadi
Saqich, shirinlik, chips, kiriyeshki, muzqaymoq, o'tkir hidli ovqatlar hamda Pepsi, Cola, Flash kabi ichimliklarni markazga olib kirish va iste'mol qilish mumkin emas. Oddiy yoki shakarsiz suv olib kirish mumkin.
- 7
Tozalikka qat'iy rioya qiling
Ichimlik idishlari, qog'oz va boshqa chiqindilarni markaz hududida qoldirmang.
- 8
Shaxsiy buyumlaringizga o'zingiz javobgarsiz
Kitob, daftar, ruchka va tarqatma materiallaringizni markazda qoldirmang.
- 9
Dars vaqtida telefon ishlatmang
Sinfga kirishdan oldin telefonni ovozsiz rejimga qo'ying. Dars davomida zaruratsiz telefon ishlatish, internetga kirish va o'yin o'ynash taqiqlanadi.
MUHIM!
Ushbu qoidalar tavsiya emas — ALPHA SCHOOL'ning majburiy ichki tartibidir. Har bir o'quvchi markaz hududida ularga rioya qilishi shart. Qoidabuzarlik e'tiborsiz qoldirilmaydi. Takroriy yoki jiddiy qoidabuzarlik o'quvchining markazdan chetlashtirilishigacha olib kelishi mumkin.
Tartib • Hurmat • Tozalik • Mas'uliyat
